Bizning hikoyamiz

Sohaga boʻlgan qiziqish, kasbga muhabbat va atrofdagilarga bilim ulashish hobbisini kasbga aylantira olgan jamoamiz aʻzolari 3 yildan ortiq vaqtdan beri USMLE sferasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Maqsadimiz

USMLE imtihonlarini muvaffaqqiyatli topshirgan ustozlarimiz tajribasi va bilimlaridan yanada koʻproq oʻquvchilar foyda olishlari va shu orqali milliy tibbiyotimiz rivojiga hissa qoʻshishni maqsad qilganmiz. 

Missiyamiz

Tibbiyotni oʻrganishdek mashaqqatli va sharafli yoʻlda yoningizda turishdan doim mamnunmiz. 
 
Bu yoʻldagi barcha qiyinchiliklarni yengillashtirib, oʻrganish jarayoningizni zavqqa toʻldirish bizning vazifamiz. Shunday ekan, keling doʻstlar birga zavqlanamiz va rivojlanamiz!

Mentorlarimiz mehnati tufayli erishgan yutuqlarimiz

Tibbiyotning barcha darajalari bo’yicha kurslar

Bakalavrlar uchun

Fundamental fanlar bo'yicha to'liq kurslar va qo'llanmalar

Shifokorlar uchun

Klinik amaliyotlari davomida diagnostik va davolash jarayonlarini aql bovar qilmas darajada aniqlashtirishga yordam beradigan qo'llanmalar


Ordinatorlar uchun

Tor soha mutaxassisliklari bo'yicha tayyorlangan va protsessdadgi mukammal kurslar

Klinik Endokrinologiya

Bu soha biz alohida to'xtalib, urg'u berib o'tishimiz kerak bo'lgan yo'nalish hisoblanadi. Agar siz Endokrinolog bo'lsangiz bu soha bo'yicha kursimizda qatnashmagan bo'lsangiz ko'p narsa yutqazibsiz deb qo'rqamiz.